«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar


«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev
22 mart 2023, 13:48

«Rus va O‘zbekiston hamisha birga bo‘lgan va bo‘ladi» — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Navro‘z bayrami tantanasida Rossiya madaniyat markazi ko‘rgazmasi bilan tanishar ekan «Rus va O‘zbekiston — ular azaldan birga bo‘lgan va abadiy birga bo‘ladi», dedi. Shuningdek, u Ukraina va boshqa madaniyat markazlarining ko‘rgazmalariga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidentini orden bilan taqdirladi
16 mart 2023, 09:38

O‘zbekiston prezidenti Turkiya vitse-prezidentini orden bilan taqdirladi

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonning «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. Mukofotni Anqarada prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi
15 mart 2023, 17:29

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini qabul qildi

Prezident 15 mart kuni BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Turk bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev — rulda
15 mart 2023, 13:05

Shavkat Mirziyoyev — rulda

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi vaqti aholining yo‘llar bo‘yicha e’tirozlari tasdig‘ini «o‘z ko‘zi bilan ko‘rish» maqsadida ta’mirtalab yo‘lda mashina haydadi. Prezident rulda o‘tirgan holda ommaga birinchi marta ko‘rinish berayotgani yo‘q.

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi
14 mart 2023, 14:19

Video: Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning buzilgan yo‘llarida Malibu haydadi

O‘zbekiston prezidenti Surxondaryodagi Boysun-Denov yo‘nalishi bo‘ylab yo‘l sifati yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olib, sifatsiz yo‘lda Malibu haydadi. Shavkat Mirziyoyev bu yo‘llarda harakat qilib bo‘lmasligini ta’kidladi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Termizda qo‘shinlarning taktik o‘quvini kuzatdi
14 mart 2023, 09:53

Foto: Shavkat Mirziyoyev Termizda qo‘shinlarning taktik o‘quvini kuzatdi

Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi «Termiz» dala o‘quv maydonida qo‘shinlarning brigada taktik o‘quvini kuzatdi. Ularning jangovar tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Mashg‘ulotlar jahonda kuzatilayotgan harbiy harakatlar xususiyatidan kelib chiqib o‘tkazilgani qayd etildi.

Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda?» savoliga javob berdi
13 mart 2023, 14:06

Prezident «O‘zbekiston qaysi tomonda?» savoliga javob berdi

Shavkat Mirziyoyev «katta davlatlar» O‘zbekistondan qaror qabul qilib, taraf tanlashni so‘rayotgani haqida gapirdi. Gap Rossiyaning Ukrainaga qarshi mojarosi haqida ketmoqda. «Bir tomonman. Millatim, xalqim, buyuk O‘zbekistonimning manfaati uchun o‘lishga ham tayyorman, deb javob beraman», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi
13 mart 2023, 10:23

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi

13 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etadi, sanoat va qishloq xo‘jaligi bilan tanishadi, harbiy maskanlarda ham bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar
6 mart 2023, 22:29

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildilar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbatda iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Jurnalistlar va faollar prezidentga «yashirin, lekin kuchli senzura» sababli murojaat qilishdi
4 mart 2023, 00:38

Jurnalistlar va faollar prezidentga «yashirin, lekin kuchli senzura» sababli murojaat qilishdi

Jurnalistlar va jamoat faollari O‘zbekiston prezidentiga «yashirin, lekin kuchli senzura» yuzasidan murojaat qilishdi. Murojaat mualliflari davlat rahbaridan matbuotning tom ma’nodagi mustaqilligini ta’minlashda tarixiy yordam berishini so‘rashdi.

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Chimkentda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
3 mart 2023, 20:30

Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev Chimkentda norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Chimkentdagi norasmiy uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi
3 mart 2023, 14:18

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazadi

3 mart kuni Shavkat Mirziyoyev Chimkent shahrida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi. Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy masalalar ko‘rib chiqiladi.

«Qo‘shilmaslik harakatining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev
2 mart 2023, 15:45

«Qo‘shilmaslik harakatining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerak» — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘shilmaslik harakati sammitidagi nutqida tashkilot a’zolarining BMT Xavfsizlik kengashida doimiy o‘rni bo‘lishi kerakligi haqida gapirdi.

AQSh davlat kotiblari O‘zbekistonga necha marotaba tashrif buyurgan?
1 mart 2023, 20:08

AQSh davlat kotiblari O‘zbekistonga necha marotaba tashrif buyurgan?

Shu vaqtgacha O‘zbekistonga davlat kotiblaridan-da martabaliroq amerikalik amaldor kelmagan. 1992 yildan beri AQSh tashqi siyosatiga mas’ul Davlat departamentiga 11 kishi rahbarlik qilgan bo‘lsa, ularning to‘rt nafari O‘zbekistonga kelmagan. Entoni Blinken O‘zbekistonga tashrif buyurgan yettinchi davlat kotibidir.

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi
26 fevral 2023, 18:47

Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an telefon orqali muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda uni tavallud kuni bilan tabrikladi. Shuningdek, zilzilalar munosabati bilan yana bir bor dalda so‘zlarini izhor etdi va zarur yordamni ko‘rsatishga tayyorligini tasdiqladi. Turkiya yetakchisi ham O‘zbekistonga chuqur minnatdorlik bildirdi.

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida
24 fevral 2023, 21:30

«Hamma aytadi: OAVni yopib qo‘y, deb. Yo‘q, yopmayman» — prezident so‘z erkinligi haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshida faollar bilan suhbatda OAV, so‘z erkinligi haqida to‘xtaldi. U ko‘pchilik OAVni yopib qo‘yishni aytishini ma’lum qildi. «Yo‘q, yopmayman. Yana oldingiday prokuror, SNB (MXX) tekshiruvchi bo‘laversinmi? Biz niyatimizga yetdikmi? Birimiz ikki bo‘ldimi?» — deya so‘radi u.

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan tushlik chog‘ida Putin va Bayden nutqlarini tilga oldi
24 fevral 2023, 20:43

Shavkat Mirziyoyev kursantlar bilan tushlik chog‘ida Putin va Bayden nutqlarini tilga oldi

O‘zbekiston prezidenti Qarshidagi harbiy aviatsiya bilim yurti kursantlari bilan tushlikda Rossiya va AQSh prezidentlari nutqlarini tilga oldi. «Har bir davlat o‘z suvereniteti, o‘z xalqi manfaatlari haqida o‘ylashi uchun kuchli mudofaa bo‘lishi kerak. Shunda davlat o‘zini hurmat qilishga majbur qiladi», — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi
24 fevral 2023, 09:54

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga jo‘nab ketdi

24 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan tizimlarni sanadi
22 fevral 2023, 18:03

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan tizimlarni sanadi

Shavkat Mirziyoyev raqamlashtirish bo‘yicha xalqni rozi qiladigan tizim to‘liq yaratilmaganini tanqid qildi. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliyada 32 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmaganini ta’kidladi.

O‘zbekiston va Misr prezidentlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi masalasini ko‘tardilar
21 fevral 2023, 21:19

O‘zbekiston va Misr prezidentlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi masalasini ko‘tardilar

Qohiradagi muzokaralarda O‘zbekiston va Misr rahbarlari Isroil-Falastin muammosi, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va Efiopiyaning to‘g‘on qurish rejalariga to‘xtaldi. Prezidentlar ushbu masalalar bo‘yicha mamlakatlar pozitsiyalari bir-biriga mos kelishini ta’kidladilar.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting